Bino energiya auditi
Obyekt, konstruksiya, muhandislik tizimlari, iste’mol va energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.
Energy Assistant Group korxonalar, binolar va muhandislik tizimlari bo‘yicha energiya auditini tez, tartibli va hujjatlashtirilgan shaklda tayyorlashga yordam beradi.
Obyekt ma’lumotlari, o‘lchovlar, rasmlar, chora-tadbirlar va hisobot bitta joyda.
Bo‘limlar bo‘yicha izoh.
Tanga monitoringi.
Auditdan tortib energiya pasporti, texnik-iqtisodiy tahlil va avtomatlashtirilgan hisobotgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olamiz.
Obyekt, konstruksiya, muhandislik tizimlari, iste’mol va energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.
Elektr ta’minoti, isitish, sovutish, yoritish, shamollatish va jihozlar bo‘yicha holatni baholash.
Word/PDF shaklida tartibli hisobot, rasm, xarita, grafik, chora-tadbir va yakuniy xulosalar.
Platforma audit ma’lumotlarini saqlaydi, foydalanuvchilarni rollar bo‘yicha boshqaradi, balans/tanga tizimi, xabarnoma, support, shartnoma va invoys modullarini birlashtiradi.
Ma’lumot kiritishdan yakuniy hisobotgacha bo‘lgan ish jarayoni aniq ketma-ketlikka solingan.
Manzil, GPS, bino tavsifi, ish rejimi va asosiy ko‘rsatkichlar kiritiladi.
Elektr sifati, mikroiqlim, yoritilganlik, iste’mol va asbob fayllari yuklanadi.
AI va hisob-kitob modullari kamchilik, yechim va iqtisodiy tahlilni tayyorlaydi.
Word/PDF, energiya pasporti, shartnoma va arxiv materiallari shakllantiriladi.
Platformada xizmatlar tanga yoki so‘m ekvivalenti asosida boshqariladi. Balans shartnoma asosida administrator tomonidan to‘ldiriladi.
Hamkor tashkilotlar ro‘yxati Bosh administrator tomonidan kiritiladi.
Platformadan foydalanish, demo ko‘rish yoki hamkorlik bo‘yicha murojaat qiling.